Giyohvandlik illatlar boshi
2018 yil 5 oktyabr kuni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talabalariga “OITS kasalligining oldini olish va yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurashish” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda Toshkent shahar OITS markazi mutaxassis shifokori D.M.Ermatova, institut Tibbiy bo‘limi bosh shifokori B.Q.Eshniyozov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.R.Turdiev, guruh murabbiylari va 60 nafar talabalar ishtirok etdilar. OITS markazi shifokori D.Ermatova o‘z ma’ruzasida tadbir ishtirokchilariga OITS kasalligi to‘g‘risida hamda giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari haqida daliliy misollar bilan talabalarga tushunarli tarzda ma’lumotlar berdi. Ma’ruza qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi.
Talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan to‘liq javoblar olishdi. Tadbir so‘ngida OITS kasalligining oldini olish va uning profilaktikasi to‘g‘risida videorolik namoyish etildi.
“SXTEvaB” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev axboroti
Institut matbuot kotibi Raximboy Jumaniyozov